«makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti» tegli maqolalar


Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI
22 aprel 2024, 13:06

Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga ko‘ra, Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Mart oyida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxida fevralga nisbatan 0,61 foiz, to‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijara narxida esa 0,76 foiz tushish kuzatildi.

Dunyodagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilmoqda?
25 dekabr 2023, 10:49

Dunyodagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilmoqda?

MHTI ekspertlariga ko‘ra, 2022−2023-yillarda jahon bozoridagi neft narxi O‘zbekistondagi benzin narxlariga 1 oylik kechikish (lag) bilan ta’sir qildi. Shuningdek, talab yuqori bo‘lgan Ai-80 va Ai-92 markali benzinlarning ulgurji narxlari jahon bozoridagi neft narxiga sezuvchan ekani aniqlandi.

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI
19 dekabr 2023, 13:56

“Pufak indeksi” Toshkentda uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashayotganini ko‘rsatmoqda — MHTI

Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).

Qoraqalpog‘istonda arzon, Toshkentda qimmat — hududlarda uy-joy narxlari qanday?
2 avgust 2023, 14:33

Qoraqalpog‘istonda arzon, Toshkentda qimmat — hududlarda uy-joy narxlari qanday?

MHTI ekspertlarining uy-joy narxlari bo‘yicha o‘tkazgan tahlil natijalariga ko‘ra, har bir kvadrat metr uchun eng arzon uy Qoraqalpog‘istonda ($390,1), eng qimmati esa Toshkent shahrida ($1251) qayd etildi. Bir yil ichida yangi uy narxi o‘rtacha 44 foizga, ikkilamchi bozordagi esa o‘rtacha 33 foizga qimmatlashdi.

Ruxsat olish qiyinligi sabab O‘zbekistonda agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan — MHTI
26 iyul 2023, 15:08

Ruxsat olish qiyinligi sabab O‘zbekistonda agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan — MHTI

MHTI mutaxassislari O‘zbekistonda agrodronlarni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olish tartibi ancha murakkabligi tufayli ulardan foydalanish keng tarqalmaganini ma’lum qildi. Ular xorij tajribasini inobatga olib, bu bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytgan.

So‘nggi 5 yilda yashillik darajasi Toshkentda 33, Buxoroda esa 37 foizgacha qisqardi
12 iyul 2023, 15:39

So‘nggi 5 yilda yashillik darajasi Toshkentda 33, Buxoroda esa 37 foizgacha qisqardi

Qurilish ishlari tezlashishi oqibatida Toshkent shahrining qator tumanlarida va Buxoro shahrida yashillik darajasi 2022-yilda 2017-yilga nisbatan 33−37 foizgacha qisqardi. Xususan, ko‘rsatkich Shayxontohur tumanida 26 foizga, Yakkasaroyda 23 foizga, Olmazorda 33 foizga, Mirzo Ulug‘bekda 18 foizgacha kamaygan.

O‘zbekiston 2030-yilga borib suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi mumkin
15 may 2023, 14:22

O‘zbekiston 2030-yilga borib suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi mumkin

MHTI ekspertlari O‘zbekistonda suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rgandi. 2030-yilga borib mamlakatda 7 mlrd kub metr suv tanqisligi kuzatilishi mumkin. Natijada O‘zbekiston suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolish ehtimoli bor.

O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxatini tuzish taklif qilindi
11 may 2023, 11:00

O‘zbekistonda milliy qadriyatlar ro‘yxatini tuzish taklif qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) muhim milliy qadriyatlar ro‘yxatini shakllantirishni taklif qildi. Unga, jumladan, ota-onaga ehtirom, o‘zbek tili, diniy bag‘rikenglik, so‘z erkinligi va boshqalar kiritilgan.

O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi — tadqiqot
5 aprel 2023, 10:14

O‘zbekistonda qizlar ko‘proq shifokor, yigitlar esa IT mutaxassisi bo‘lmoqchi — tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, 86 foiz ota-onalar farzandlarining kasb bo‘yicha tanlovini ma’qullamoqda. Qizlar ko‘proq shifokor va o‘qituvchi kasbini tanlagan bo‘lsa, yigitlar IT mutaxassisligi, shifokor va iqtisodchi kasblarini afzal ko‘rgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting